So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 85,1 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 11,5 mlrd. so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 0,7 % ga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning yanvar oyida jami 7 022 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 27,1 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 62,1 %, transfertlardan olingan daromadlar 31,3 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,6 % tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 627,9 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,4 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Nukus shahrida jami 425 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 318 tani tashkil etgan.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Amudaryo tumanida 2024-yilning 1 yanvar holatiga ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 7 tani tashkil qilib, 6 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida To‘rtko‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 840,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Bo‘zatov tumanida 95,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilga nisbatan 143,8 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Ellikqal’a tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 441,4  mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 93,7 foizni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Beruniy tumanida jami 1545 ta nikoh va 202 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 10 taga kamaygan.

Joriy yilning 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri V.Askarova bilan birgalikda Nukus shahri “Turan”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Joriy yilning 23-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiyev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi A. Oralbayev bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i  birinchi o'rinbosari S.Bekmuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi o'rinbosari Sh.Kazakova bilan birgalikda Nukus shahri “Bayterek” MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Joriy yilning 23-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov va Nukus shahar statistika boʻlimi bosh mutaxassisi A. Fazilova bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlari hajmi 6 624 mlrd. soʻmni tashkil etgan.