So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 110,7 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,0 % ga oshgan. 

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni  29 200 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 5,9 foizini  tashkil etdi va so‘nggi yillarda ushbu  korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

2022- yilda avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,3 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 14,3 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1735,0 mlrd. so‘mga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yilning yanvar-fevral holatiga koʻra, 82,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 94,1  % ni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati  102,1 % ni tashkil qildi.

2023- yil yanvar-fevral oylarida Mo‘ynoq tumanining tashqi savdo aylanmasi 3,8 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 4,8 mln. AQSH dollariga yoki 20,1 % ga kamaydi.

Mo‘ynoq tumanida 2023- yilning yanvar-fevral oylrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 22,9 mlrd. so‘mga yetdi.

2022 yil yakunlariga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasida tashish va saqlash, axborot va aloqa bo'yicha xizmatlar sohasida 1 857,1 mlrd.so'm miqdorida qo'shilgan qiymat yaratilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 18,5 % ga yuqoridir.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Mo‘ynoq tumanida 7,0 mlrd. so‘mlik isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 5,5 mlrd. so‘mini oziq-ovqat mahsulotlari hamda 1,5 mlrd. so‘mini nooziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 387,0 mln. dona tuxum yetishtirilgan.

2023- yilning 1- mart holatiga Mo‘ynoq tumanida jami 37 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 39,0 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 6631,9 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

Ishonchli ma’lumotlarni qamrab olish va to‘plash maqsadida hamda ko‘p sonli tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, shuningdek statistik hisobotlarni onlayn taqdim etish bo‘yicha yangilangan eStat4.0 axborot tizimining joriy etilishini inobatga olgan holda taqdim etish muddati 2023- yil 27- mart sanasiga belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddatini 2023- yil 31- mart (juma kunini ham o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida parrandalarning umumiy bosh soni - 5196,9 ming taga yetdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 26,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 786 dona elektromobillar import qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14,8 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 martaga oshgan.