So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14,9 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 7,6 promilleni tashkil etgan hamda 2021- yilga nisbatan -0,5 promillega kamayganligi kuzatildi 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 8,1 promille bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 93,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida parrandalarning umumiy bosh soni - 5196,9 ming taga yetdi. 2022- yilning 1-yanvar holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni -141,4 ming taga ko‘paydi. 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 77,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 13502,6 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmining 94,0 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 102,9  % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.

2022-yilning fevral oyidan dekabrgacha sement narxlarida oylik nisbatda 0,2 – 1,3 % atrofida oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning dastlabki oyida uning narxlari 0,1 % ga pasaydi.

2023- yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 280,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 318,8 ming tonna uzum eksport qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 6 499,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 100,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvarida sabzavotlar narxlarining oʻzgarish surʼati yillik nisbatda 2022- yilning yanvaridagi mos koʻrsatkichga nisbatan 11,9 % foiz bandga past boʻldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 64,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirishgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabrga nisbatan 4,7 % ga ko‘p yetishtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 293 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tani tashkil etgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 363,3 ming nafarni tashkil etdi.

2023- yilning yanvarida qovoq narxlari bir oyda 1,4 % ga oshganligi kuzatilgan boʻlsada, 2022- yilning yanvariga nisbatan 7,6 % ga past boʻldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining dastlabki ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekistonda 5289,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2662,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2023- yilning yanvarida un narxlari oʻrtacha 0,2 % ga oshgan.