So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-mart oylarida Shumanay tumanida barcha toifadagi xoʻjaliklarida parrandalar bosh soni 167,0 minga yetti. Oʻsish surʼati 2023-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 136,6 % ni tashkil etdi. Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilganda, eng katta hajm - 148,0 ming bosh parrandalar dehqon va tomorqa yer xoʻjaliklarida kuzatildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kimyo sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 46,6% bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 2,8% ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 2525,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yil 1-may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2856 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 83 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2773 tani tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 106 972,3 tonna polietilen ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 6,8 % ga oshgan.

Umumtaʼlim muassasalarida 2023/2024-oʻquv yili boshida 11-sinflarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha jami 20,8 ming nafar oʻquvchi qayd etilgan.

Joriy yilning 29-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Bekmuratov To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Karimov bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni  o‘rgandi.

Joriy yilning 29-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘i B. Tajibekov Nukus tumanida xizmat safarida bo‘lib,  tuman statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Sapashov bilan birgalikda Nukus tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Kegeyli tumanida jami 133 ta nikoh va 17 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 2 taga kamaygan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida  Mo‘ynoq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 90,3  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,1 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Xo‘jayli tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,8 mln. AQSh dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Amudaryo tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 205,4 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 106,4 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida shifoxona muassasalarining xizmatlari salmoqli qismni egallaydi.

2024-yilning yanvar-aprel oylari holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1650,4 ming. so‘mni 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan105,7 % tashkil etdi.

Joriy yilning 28-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri T.Abdullaev bilan birgalikda Qanliko‘l tumani “Beskopir”OFY ga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Joriy yilning 29-may kuni To‘rtko‘l tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi R. Samanov tomonidan tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

Joriy yilning 28-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Kegeyli tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i M.Aytimbetov bilan birgalikda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 28-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘i B. Tajibekov Taxiatosh tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi G. Karabayev bilan birgalikda Taxiatash tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkazildi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Taxtako‘pir tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 0,9 mln. AQSh dollariga yetdi.