So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 1.213,6 ming taga yetdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Qo‘ng‘irot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 181,2 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Bo‘zatov tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 0,1 mln. AQSh dollariga yetdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Amudaryo tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 160,9  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,8 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Taxiatosh tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 960,9 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Ellikqal’a tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 171,6 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,4 foizga koʻpaygan.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Nukus shaharida jami 746 ta nikoh va 85 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 32 taga kamaygan.

Joriy yilning 20-may kuni Nukus tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Sapashov tomonidan Nukus tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-aprel holatiga koʻra, ikki nafar bolali uy xoʻjaliklar 24,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 948 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln dan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 245,3  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida To‘rtko‘l tumanida 268,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Ellikqal’a tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 14,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 114,8 %ni tashkil etgan.

2024 yilning 1 may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 494 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi korxonalar soni:

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida qo‘y va echkilar bosh soni 1.231,0 mingtaga yetdi.

2024-yil yanvar-mart holatiga ko‘ra, Mo‘ynoq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarida go‘sht(tirik vaznda) mahsulotlari hajmi 288,2 tonnani tashkil etdi.