So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,5 foizini tashkil etib, ularning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha jami 16,4 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylari natijalariga asosan, Nukus shahri boʻyicha jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1085,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, shulardan 51,6 % ulushi moliyaviy (405,5 mlrd. soʻm yoki 37,4 %) hamda savdo (155,0 mlrd. soʻm yoki 14,3 %) xizmatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida eng yuqori ulush Nukus shahri (40,0 %), Qo‘ng‘irot (14,1 %), To‘rtko‘l (8,1 %) va Amudaryo (5,5 %) tumanlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 504,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 32,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 23-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Beruniy tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i I. Fazilbekov va yetakchi mutaxassisi N. Abdullaev bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 27,1 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 barobarga oshgan bo‘lib,  ularning  so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar:

2023-yil yanvar-mart oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 2,6 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,1 trln. soʻm) hajmining 85,4 foizini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-mart holatiga, Qarao‘zak tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 47,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 53,7 ming tonna sut yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyati va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-may holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 10,1 foiz ulushini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 81,1 mln. dona tuxum olingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 101,0 % ni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-aprel oylarida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 63,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 96,4 % ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida yurtimizda 1 923,8 ming tonna sut yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida respublikada 526,6 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil qildi.

Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyati va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-may holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi.