So'nggi yangiliklar

2022- yilning 1- iyun holatiga 1,5 mln. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 914,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 626,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 1,2 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 27- iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masofaviy videoaloqa orqali tadbir tashkil etildi.

1991- yilda mamlakatimiz aholisining 40,3 foizi shahar joylarda istiqomat qilgan.

2021- yil yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,6 % ni,

Joriy yilning 24-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

 Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-may oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi   1,1 % ni

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,0 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 110,4 % ni tashkil etgan. 

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 16,7 % ni tashkil etdi yoki 308,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilning yanvar-may oylariga nisbatan   144,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonga qoʻshni MDH aʼzosi hisoblangan mamlakatlar orasida 2022-yilning yanvar-aprelida eng yuqori inflyatsiya darajasi Qozogʻiston Respublikasida 7,3 % darajasida kuzatildi. Qirgʻiz Respublikasida ushbu davrda inflyatsiya darajasi 7,1 % ga yetgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 112 tani tashkil etib, ular tomonidan 154,9 mln. AQSh dollari qimmatbaho metallar eksportidan tashqari qiymatidagi 2021- yilning mos davriga nisbatan 84,5 % ni tashkil etdi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2022- yilning yanvar-may oylari yakuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 253,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 23,5 mln. AQSh dollariga yoki 91,5 % ni tashkil etdi.

2022-yilning may oyida sut narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,2 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6078,3 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 85,8 % ini tashkil etdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 30,1 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining  0,4 % ini tashkil etdi.