So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tiklanish va taraqqiyot  jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilgan 1,8 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda. 

2024-yilning 1-sentabr holatiga Beruniy tumanida ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 12 tani tashkil qilib, 6 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024-yilning 1-sentabr holatiga Amudaryo tumanida jami 379 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 291 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 13-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Beruniy tumanida 530,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 764,1 mlrd. so‘mga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12- sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Tajriba tariqasida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning muhokamasi” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol o‘rta tibbiyot xodimlari soni 18,6 ming kishini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 90,6 % ni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 9,1 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln AQSH dollariga 10 542 ta elektromobil import qilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 9 078,9 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obro‘sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab bo‘ladi. Korrupsiyaning ma’lum bir mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi.

Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma, shahar va tuman statistika boʻlim xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 12- sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 17,4  ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.