Sońǵı jańalıqlar
11 May 2020 • Baspalar
To’plamda, O’zbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar keltirilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlari bo’yicha taqsimlanishi, tug’ilish va o’lim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan.
Ushbu statistik to‘plаm O'zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy rivojlanishi va faravonligi oshishini tavsiflovchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni o’zida mujasam qilgan.
O'zbekiston Respublikasi aholisining demografik holati, daromadi va bandligi, ijtimoiy himoyasi, huquqbuzarlik, turar-joy sharoiti va salomatligi holatini tavsiflovchi statistik ma'lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, to'plamda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish, sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari, ta'lim va madaniyat muassasalari faoliyati to'g’risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Bundan tashqari tovar va xizmatlar iste'mol bozori, transport va aloqa to'g’risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
11 May 2020 • Baspalar
Statistik to’plamda Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar chop etiladi
To'plamda makroiqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari, yalpi ichki mahsulot, tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari bo'lmish sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport va xizmat sohalari ma'lumotlari taqdim qilingan.
Shuningdek, aholi, uning bandligi va farovonlik darajasi, ijtimoiy infrastrukturaning sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, sport va ijtimoiy ta'minot kabi asosiy sohalari to'g'risidagi ma'lumotlar.