Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining funksional vazifalari
- Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- Boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
- Boshliq o‘rinbosarlari va funksional bo‘lim boshliqlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;
- Boshqarma xodimlariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi va ularning mehnatini raqbatlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi;
- Boshqarmaning smeta xarajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
- Boshqarma xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi;
- Zarur holda o‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
- Statistik ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, ma'lumotlarning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashrga tayyorlash bilan shug‘ullanadi;
- Statistik hisob-kitobni amalga oshirish va olingan statistik ma'lumotlar asosida turli tahliliy sharqlar tayyorlashda ishtirok etadi;
- Statistik kuzatuvlarning aloqida turlari bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasini saqlashni va o‘ziga biriktirilgan statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha dinamik qatorlarni yuritishni ta'minlaydi;
- o‘z vakolatlari doirasida tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
- o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun o‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko‘radi;
- Boshqarma nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, amaldagi qonun hujjatlari va boshqarma nizomiga muvofiq boshqarma manfaatlarini himoya qiladi va uning mol-mulkini tasarruf etadi;
- Boshqarmaning Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi, Maxsus qism, Kadrlar bo‘limi, Buxgaltеriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi, Yuridik xizmati, Dasturiy-tеxnik ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi faoliyatini nazorat qiladi.