Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i birinshi o‘rinbosаrining funksional vazifalari
Boshqarma boshlig‘i yo‘qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
Boshqarmaning barcha tarmoq, shaxar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari xajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
Boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
Boshqarmaning barcha tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xalq xo‘jaligidan qo‘shimcha mablag‘ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;
Biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiklashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi;
Biriktirilgan barcha bo‘limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi
Biriktirilgan tarmoq ma'lumotlarini qonuniyligini o‘rganib, tеgishli soxalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muxokama yiqilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma'lumotlarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi;
biriktirilgan shaxar, tuman statistika bo‘limlari moliya-xo‘jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko‘radi;
Boshqarmada ko‘rilayotgan ma'muriy jarimalarni imzolaydi xamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari: Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo'limi, Invеstitsiya va qurilish statistikasi bo`limi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo`limi, Narx statistikasi bo`limi, Statistik registrlarni yuritish bo‘limi, Sanoat statistikasi bo`limlari faoliyatini nazorat qiladi.