Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi boshlig'i Satimov Ma`murjon Allayorovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida dastlab, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi vakillari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati