28/08/2026

Joriy yilning 28-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i A.Jo‘ldasov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” bayrami bilan tabrikladi.

Tadbir yakunida Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishda, milliy statistika tizimini rivojlantirishda va demokratik islohotlarni amalga oshirishda qo‘shayotgan hissasi uchun boshqarma xodimlariga rahbariyat tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.