15/09/2026

Joriy yilning 15-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda boshqarma xodimlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Tadbirda Farmonda belgilangan statistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirish bo'yicha asosiy vazifalar haqida tushuntirishlar berildi.

Tushuntirish ishlarini Milliy statistika qo‘mitasining Aholi turmush darajasi statistikasi va kambag‘allikni baholash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Urazbayev, boshqarma bosh yuristkonsulti A. Maheripova, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i I. Najimov va Murojaatlari bilan ishlash va ijro intizom nazorati bo‘yicha bo‘limi bosh mutaxassisi Z. Tajibaeva olib bordi.

Tadbir yakunida xodimlarning savollariga javob berilib, Farmonda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.