22/09/2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda jarayonni samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish, uning maqsad va vazifalari, o‘tkazish tartibi, shuningdek, savolnomalarni to‘ldirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida xodimlarning vazifalari, tadbirkorlik subyektlari bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, ma’lumotlarni belgilangan tartibda yig‘ish va jarayonni sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.