22/09/2026

Taxtako‘pir tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish va jarayonni samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida biznesni ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va vazifalari, uni o‘tkazish tartibi hamda savolnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida xodimlarning vazifalari, tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot qilish va jarayonni belgilangan tartibda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga biznesni ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish, ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish hamda tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘quv-seminarlar biznesni ro‘yxatga olish jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.