21/09/2026

Joriy yilning 21-sentabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish va hududda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Aholi turmish darajasi ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Z. Salieva, Tadbirkorlik subyektlari kuzatuvlari bo‘limi  bosh mutaxassisi Sh. Kazakova, Nukus shahar statistika bo‘limi boshlig‘i P. Boranbaev hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Biznesni ro‘yxatga olish”ning maqsad va vazifalari, uni belgilangan muddatlarda va sifatli tashkil etishning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, hududdagi biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi respondentlarni aniqlash va to‘liq qamrab olish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniq shakllantirish hamda ro‘yxatga olish jarayonlarini belgilangan tartib asosida olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek hokim yordamchilari savolnomalarni to‘ldirish orqali ro‘yxatga olish jarayonining asosiy bosqichlarini amaliy jihatdan o‘zlashtirdilar.

 Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, hududda tadbirni tashkil etish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.