2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,3 % i to‘g‘ri kelib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 0,3 % punktga ko‘paygan. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 106,9 % ni tashkil etgan holda 2679,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Axborot xizmati