2025- yil yanvar-may oylari yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2944,7 ming AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 2,6 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 43,5 % ga ko‘paydi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor trikotaj kiyimlar (58,0 %), trikotaj mato (22,0 %) asosiy ulushni egallagan.