Joriy yilning 3-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S. Bekmuratov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i S. Muxamatdinov bilan birgalikda hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi. Seminarda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlama statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyerning majburiyatlari haqida axborot berib oʻtishdi.
Axborot xizmati