09/02/2024

    Joriy yilning 9-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvar kungi PF-8-sonli “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvar kungi PQ-8-sonli “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevral kungi O‘RQ-906-sonli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati