29/05/2024

    Joriy yilning 29-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘i B. Tajibekov Nukus tumanida xizmat safarida bo‘lib,  tuman statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Sapashov bilan birgalikda Nukus tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi. Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

 

Axborot xizmati