Joriy yilning 27-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov va Nukus shahar statistikasi bo‘limi boshlig‘i Azat Ibraymov bilan birgalikda Nukus shaharida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.
Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo‘lovchilarni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.