Statistika boshqarmsi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 9 964,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,8 %ga oshgan.
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikada chakana savdo sohasida 4 591 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shundan 77 tasi yirik korxonalar, 4 514 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalardir.




