Korrupsiya muammosi aktualligini saqlab turibdi. Unga qarshi kurashish dunyo mamlakatlarining asosiy vazifasiga aylangan. Poraxo‘rlik, o‘zlashtirish, qarindosh-urug‘chilik va nepotizm qonun ustuvorligiga putur yetkazmoqda. Iqtisodiyotni izdan chiqarmoqda va aholining davlat organlariga ishonchini yo‘qotmoqda.
Jamiyatda tengsizlikni kuchaytirib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli davlatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish katta siyosiy irodani talab qiladi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ziyon, pora” degan ma’noni anglatadi. Lobbichilik, favoritizm, proteksionizm, siyosiy rahbarlar va hukumat amaldorlarining korporatsiyalar va xususiy firmalarning faxriy prezidentlari bo‘lish an’analari, davlat budjeti hisobidan tijorat tuzilmalariga sarmoya kiritish, davlat mulkini aksiyadorlik jamiyatlariga berish, jinoiy jamoalar aloqalaridan foydalanish va boshqalar korrupsiyaning yashirin shakllari hisoblanadi.
Xalqaro hamjamiyat korrupsiya deganda nimani tushunadi? Ko‘p ta’riflar mavjud, ammo to‘liq va huquqiy aniqlik yo‘q. Korrupsiya huquqiy tushunchadan ko‘ra ko‘proq sintetik ijtimoiy yoki kriminologik tushunchadir, shuning uchun uni konkret jinoyat sifatida emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qilmish turlari majmuyi sifatida ko‘rish kerak.
“Korrupsiya – shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”. Korrupsiya poraxo‘rlikdan tashqarida hisoblanadi.