03/11/2025

Bugun O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. 

Seminarda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Sag'indiq Turmanov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Ochiq ma’lumotlar portali bo‘limi bosh mutaxassisi Babur Jalilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Islambek Najimov, shuningdek, Mahalla uyushmasining shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ro‘yxatga olish jarayonlarida mahallalarning o‘rni hamda bu boradagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.