O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanining “Qoraqalpog‘iston”, “Jasliq”, “Qiriq qiz” mahallalarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi.
Mazkur jarayonda mahalla ettiligi hamda mas’ul xodimlar tomonidan har bir xonadondagi aholi soni, yashash sharoiti hamda qishloq xo‘jaligidagi er va chorva resurslarini aniqlamoqda.
Hatlov natijalari tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilmani yanada takomillashtirish va aholiga yaratiladigan qulayliklarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.









