12/02/2026

11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Tadbirda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish, ularning ilmiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish, yosh qizlarni ilmiy izlanishlarga jalb etish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning yutuqlari targ‘ib qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida mazkur xalqaro sana doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.