Joriy yilning 4-may kuni Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrida xodimlar uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda eksperimental-huquqiy normalarni muayyan sohaga joriy etishdan, ushbu normalarning samaradorligini tahlil qilishdan hamda ularning natijasida yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni oʻrganish va baholash orqali samarali huquqiy normalarni amaliyotga joriy etish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi 2026-yil 27-mart kungi OʻRQ-1127-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.





