Joriy yilning 7-8-sentabr kunlari Taxiatosh va Nukus tumanlari statistika bo‘limlari xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvar kungi O‘RQ-419-son Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 2024-yil 5-iyun kungi O‘RQ-931-son Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-dekabr kungi PF-270-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2026-yil 28-mart kungi 84-son buyruqlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Shuning bilan birga, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.





