Statistika boshqarmsi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 679,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,3 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 9,6 mln so‘mni tashkil etdi.
2026-yil 1-avgust holatiga respublikamizda 3 049 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.




