03/06/2021

Joriy yilning 3- iyun kuni Nukus tumani № 12-sonli umum o'rta ta'lim maktabi xodimlari ishtirokida tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining  2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi  Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining  mazmun mohiyati tushuntirildi.

Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun  2-3- yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  710-son qarori  bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilandi.

 

 Axborot xizmati