Huquqiy bilimlarini oshirishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
24/07/2026
Joriy yilning 24-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Aholi bilan davlat organlari oʻrtasida ochiq va samarali muloqotni taʼminlash, fuqarolarning murojaat qilish huquqini soʻzsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvida ishtirokini yanada kengaytirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2026-yil 1-aprel kungi 51-sonli farmonining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish, davlat xaridlari va moliyaviy faoliyatda qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli vazifalar belgilab olindi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.