08/06/2021

Avval xabar berilganidek Mamlakatimizda Multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Hozirda Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MIСS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan Chimboy tumani “Pashentaw” OFYda tanlab olingan respondetlar bilan MICS kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Kuzatuvlar belgilangan tartibda shaxsan respondetlar bilan suhbatlashish orqali elektron koʼrinishda planshetlarda amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat.

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

 

 Matbuot xizmati