Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
5–6- avgust kunlari Davlat statistika qo‘mitasi raisining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zoxidjan Ziyayev hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Xakimboy Egamov bilan birgalikda Xiva shahrida tashkil etilgan Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi faoliyati hamda aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati bilan tanishdi.
Shuningdek, Z.M. Ziyayev tashkiliy reja asosida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Matbuot xizmati