16/08/2021

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16- avgust kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda investitsiyalar va qurilish statistikasi bo’yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Shahar va tuman statistika bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari statistikasi, qurilish ishlari hajmining tarkibi, qurilish ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni, asosiy kapitalga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar bo֥‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

Matbuot xizmati