30/12/2025

Joriy yilning 30-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etdilar.

Bayram tadbirini boshqarma boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich ochib berdi hamda jamoani kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u yil davomida statistika tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida oldinda turgan ustuvor vazifalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, yil davomida o‘zining fidokorona mehnati va faolligi bilan ajralib turgan xodimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida taqdirlangan xodimlar so‘zga chiqib, bildirilgan e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik izhor etdilar hamda bu rag‘bat ularni kelgusida yanada g‘ayrat va mas’uliyat bilan ishlashga undashini ta’kidladilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ahil jamoasi, shuningdek, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!

Yangi yil barchamizga mustahkam salomatlik, yangi omadlar, ulkan zafarlar va yuksak muvaffaqiyatlar olib kelsin!