2021- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3201,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 49,9 % i yoki 1596,2 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.
Mashinalar, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar 1376,0 mlrd. so‘mni yoki hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 43,0 % ini tashkil etdi. Qolgan 7,1 % yoki 229,2 mlrd.so‘m investitsiyalar boshqa xarajatlar bo‘yicha o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati