17/12/2021

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020 yil 11 noyabrdagi «O'zbekistonda 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish tartibi to'g'risida»gi  710 sonli qaroriga asosan:

2021 yil 1 — 25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo'jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida aholini sinov tariqasida ro'yxatga olish tadbiri amalga oshiriladi.

Mamlakat darajasida aholini ro'yxatga olish esa 2023 yil 1 — 25 noyabr kunlari o'tkaziladi va ro'yxatga olish boshlanishining aniq payti 2023 yil 1 noyabr soat 00.00 etib belgilandi. Ro'yxatga olishni o'tkazish davomiyligi — 25 kun bo'lib, quyidagicha amalga oshiriladi:

— 1–5 noyabrda aholi internet tarmog'i orqali ro'yxatga olinadi (5 kun);

— 6–10 noyabrda internet orqali ro'yxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari ro'yxati shakllantiriladi (5 kun);

— 11–22 noyabrda aholini ro'yxatga olish varag'i shakllari asosida uyma-uy yurib aholi ro'yxatga olinadi(12 kun);

— 23–25 noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o'rganiladi (3 kun).

Aholini hisobga olish davri nima?

Aholini ro'yxatga olishni aniq bir muddatda o'tkaziladi. Bu tadbir odatda 10 kundan –12 kun talab etiladi. Aholini hisobga olish davri ayrim holatlarda aholini ro'yxatga olishning nozik vaqti deb ham yuritiladi. Aholini ro'yxatga olish davridan qat’iy nazar aholini ro'yxatga olish birinchi kuni soat 00-00 holati bo'yicha qayd etiladi.

Misol uchun chaqaloq aholini ro'yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi ro'yxat olish tadbirida ro'yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo'lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro'yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro'yxatga olinadi.

 Matbuot xizmati