09/02/2022

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1175,8 ming taga yetdi. 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni - 37,3 ming taga (3,3%) ko‘paydi.

 

Ma'lumot o‘rnida, 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 92,9 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

 

Matbuot xizmati