29/07/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 950,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,5 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 7,3 mln so‘mni tashkil etdi.

2026-yil 1-iyul holatiga respublikamizda 2 984 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.