25/03/2022

2022-yilning yanvar-fevral oylarida transport xizmatlari hajmi 9 942,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021- yilning shu davriga nisbatan 10,1 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

 

Transport xizmatlarining tarkibi:

- avtomobil transporti xizmatlari – 55,5 %;

- temiryo‘l transporti xizmatlari – 13,6 %;

- quvur yo‘li transporti xizmatlari – 12,0 %;

- yordamchi transport faoliyati– 9,6 %;

- xavo transporti xizmatlari – 9,3 %.

 

Matbuot xizmati