28/04/2022

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 20- dekabrdagi PF– 35- son "2022- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2022 –yil 7 –maygacha uzaytiriladi:

1-invest (xorijiy) shakli “O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot”

12-narx (xarid) shakli “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot”,

12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot”,

12-korxona (sanoat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot”,

12-korxona (savdo) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot”,

12-korxona (xizmat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot”.

Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kechayu-kunduz ishlashini va Sizning хohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkunligini ma’lum qilamiz.