29/04/2022

    2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston mart oyida 2 560 ta yengil avtomobil import qilgan.

Oʻzbekistonga 3 oyda 455  ta elektromobil import qilingan.

Axborot xizmati