13/06/2022

    Respublika bo‘yicha 2022- yilning yanvar-aprel oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 276,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 3,0 % ga o‘sdi. Shu jumladan, 12-bozor va 12-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarining sotish hajmi 156,5 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 102,1 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 120,4 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 104,2 %)  tashkil etdi.

Axborot xizmati