18/08/2022

      2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1169,1 ming taga yetdi. 2021- yilning 1- iyul holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni - 31,8 ming taga (2,8%) ko‘paydi.

      Ma’lumot o‘rnida, 2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 93,1 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

Axborot xizmati