20/09/2022

    2022- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 232,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 74,4 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 3,2 % punktga kamayib, 7,8 % ni tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 70,2 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 1,3 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 107,0 % ni tashkil etgan holda 2097,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

 

Axborot xizmati