2022- yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida korxonalari tomonidan 11396,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 100,4 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,7 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati