30/09/2022

    Joriy yilning 30- sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi majlislar zalida, Davlat statistika qo`mitasi tamonidan 2022- yil 24- yanvarda tasdiqlangan Hayʼat ish rejasi hamda hududiy statistika boshqarmalarida kompleks va maqsadli o‘rganish reja jadvaliga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tizimida statistika faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Davlat statistika qo`mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i U. Madaminov Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi va shahar, tuman bo’limlari tizimida statistika faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijasi bo'yicha erishilgan yutuqlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Axborot xizmati