2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.
Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.
2022- yilning 8 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 4,4 ming tonna
Qirgʻiz R. – 866 tonna
Rossiya – 599 tonna
AQSH – 219,4 tonna
Germaniya – 161 tonna
Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:
Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna
Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna
Jizzax viloyati – 777 tonna
Axborot xizmati